O‘zbekistonda vaksinalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Unda ko‘ra, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutining respublikada farmatsevtika biotexnologiyalari va vaksina-zardob ishini rivojlantirish, mahalliy immunobiologik preparatlarni yaratishga yo‘naltirilgan faoliyati qo‘llab-quvvatlansin va uning ushbu yo‘nalishdagi asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

• immunobiologik preparatlar (vaksinalar, zardoblar, test-diagnostikumlar va boshqalar) bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish hamda ularni amaliyotga joriy etish;

• mamlakatning biologik xavfsizligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ilmiy-texnik va uslubiy jihatdan ta’minlash;

• vaksina-zardob ishi bo‘yicha infeksiya kasalliklariga qarshi profilaktika, diagnostika, dori vositalari va preparatlarini yaratish, ularning ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish;

• ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida biotexnologiya, immunologiya va mikrobiologiya sohasidagi ilmiy loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish.
 
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring