O‘zbekistonda tibbiyot niqoblari va qo‘lqoplari narxi oshdi

O‘zbekistonda tibbiy niqob va qo‘lqoplar narxlari bir oyda o‘rtacha 0,1 foizga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilning dekabr oyida tibbiyot maskalari va qo‘lqoplari narxlari 2021 yilning noyabr oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha 0,1 foizga oshgan. Ularning qiymati 2021 yilda o‘rtacha 3,4 foizga arzonlagani kuzatilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, sog‘liqni saqlash vazirining 2020 yil 20 martdagi «Tibbiy buyumlar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida»gi buyrug‘i bilan tibbiyot niqobi taqchilligining oldini olish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga keng imkoniyat yaratish, shuningdek, tibbiy niqobni ishlab chiqarish, tayyorlash hamda uni realizasiya qilish uchun lisenziya talab qilinishini inobatga olgan holda tibbiyot niqoblari tibbiy buyumlar ro‘yxatidan chiqarilgan. Shundan so‘ng tibbiy niqobni ishlab chiqarish, tayyorlash hamda uni realizasiya qilish uchun lisenziya talab etilmasligi, tibbiy niqob amaliyotda ko‘llash uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasligi belgilangan edi.

Реклама на Unews

Pandemiya avj olgan davrda, ya’ni 2020 yilning 18 may holatiga ko‘ra himoya niqoblari ishlab chiqarish kuniga 10,8 million donagacha yetkazilgan.

COVID-19 pandemiyasi sababli dunyoning ko‘plab mamlakatlari aholi uchun himoya niqoblari va kombinezonlar yetishmasligi muammosiga duch kelgandi. O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 275 korxonada kuniga 6 million donadan ortiq niqob va 45 ming dona kombinezon ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan edi. Shu bilan birga, 1,7 million dona himoya niqobi va 1,2 million dona xalat gumanitar yordam sifatida, 13,4 million dona niqob eksportga jo‘natilgan.

Tibbiy niqoblar narxining o‘sishi so‘nggi paytda virus bilan kasallanish holati O‘zbekistonda jadal kuzatilayotgani bilan izohlanishi mumkin.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring