O`zbekistonda tez yordam nega ba`zi hollarda kechikadi? SSV javob berdi

O`zbekistonda 2020 yilning 11 oyi davomida tez yordamga qilingan umumiy murojaatlarning 2,3 foizida chaqiriqqa kechikib kelish holatlari yuz bergan. Bu ko`rsatgich o`tgan yillardagiga nisbatan ancha past. Ammo «103» xizmati xodimlar va ixtisoslashgan avtotransport vositalari bilan to`liq ta`minlangan bo`lishiga qaramay nega tez yordam kechikadi? Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati tez yordamning kechikishiga sabab bo`luvchi omillarning ayrimlarini sanab berdi.

Shoshilinch bo`lmagan chaqiriqlar

Mutaxassislarning fikricha, holatning bosh sababi asossiz va yolg`on chaqiriqlar deb, ko`rsatilmoqda. Ushbu xizmatga 2020 yilning yanvar—noyabr oylari davomida 94 mingdan oshiq shoshilinch bo`lmagan holatlardagi murojaatlar, 133 mingga yaqin natijasiz chaqiriqlar hamda surunkali kasalliklari bo`lgan bemorlardan 832 mingga yaqin qo`ng`iroqlar kelib tushgan.

Реклама на Unews

Tez yordam uchun alohida yo`laklarning yo`qligi

Rivojlangan xorijiy davlatlarda yo`llarda tez yordam mashinalari uchun alohida yo`laklar barpo etilgan. Bu yo`llar doimo ochiq turadi. Shuningdek, tez yordamga yo`l bo`shatib berish bo`yicha haydovchilarda shaxsiy mas`uliyat yuqori. Bundan farqli o`laroq, O`zbekistonda aksariyat holatlarda haydovchilar tez yordam mashinasiga yo`l berilmaslik holatlari ko`p bor uchraydi. Qachonki, mashina chaqiruv signalini yoqsagina, yo`l bo`shatilmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring