BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

O‘zbekistonda tarbiyachining oyligi bilan yashab bo‘ladimi? Mutaxassis javob berdi

AOKAda 5 noyabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot kotibi Mavluda Asqarxo‘jayeva bog‘cha tarbiyachilarining maoshi haqida ma’lumot berdi. Bu haqda brifingda ishtirok etgan «Tez News» muxbiri xabar qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining oylik ish haqi uning ma’lumoti va malaka toifasiga qarab belgilangan. 2018 yil yanvar holati bo‘yicha tarbiyachining oylik ish haqi uning ma’lumoti va malaka toifasiga mos ravishda:

o‘rta maxsus bo‘lganda — 617 171 so‘m;
oliy ma’lumotli bo‘lganda — 668 356 so‘m;
ikkinchi malaka toifali bo‘lganda — 722 815 so‘m;
birinchi malaka toifali bo‘lganda — 779 554 so‘m;
oliy malaka toifali bo‘lganda 838 649 so‘mni tashkil etgan.
O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 28 fevraldagi qaroriga asosan 2018 yil 1 martdan boshlab tarbiyachilarning oylik ish haqi 30 foizga oshirilgan. Bundan tashqari, Prezident farmoniga muvofiq 2018 yil yanvardan boshlab hozirgi kunga qadar, byudjet tashkilotlari xodmilarining, jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining oylik ish haqlari 5 marta oshirilgan.

Mavluda Asqarxo‘jayevaning ta’kidlashicha, 3—5 yoshli bolalar guruhlarida ishlovchi tarbiyachining oylik ish haqi:

o‘rta maxsus bo‘lganda — 1 111 444 so‘m;
oliy ma’lumotli bo‘lganda — 1 203 660 so‘m;
ikkinchi malaka toifali bo‘lganda — 1 301 738 so‘m;
birinchi malaka toifali bo‘lganda — 1 403 920 so‘m;
oliy malaka toifali bo‘lganda — 1 510 347 so‘mni tashkil etmoqda.
Tayyorgarlik guruhi (5—7 yoshli bolalar guruhi) tarbiyachisining oylik ish haqi:

oliy ma’lumotli bo‘lganda — 1 727 603 so‘m;
ikkinchi malaka toifali bo‘lganda — 1 850 054 so‘m;
birinchi malaka toifali bo‘lganda — 1 975 627 so‘m;
oliy malaka toifali bo‘lganda — 2 095 874 so‘mni tashkil etmoqda.
Shuningdek, Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot kotibi davlat bog‘chalarida yillik ish haqi jamg‘armasining 15 foiz miqdorda Xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi tashkil etilgan. Ushbu jamg‘arma hisobidan o‘rnak va tashabbus ko‘rsatgan xodimlarga, jumladan, tarbiyachilarga ham oylik ish haqining 50 foizigacha bo‘lgan miqdorda ustamalar to‘lanadi.

Mazkur ustamalar bilan qo‘shib hisoblanganda tayyorlov guruhi 5—7 yoshli bolalar tarbiyachisining oylik ish haqi:

oliy ma’lumotli bo‘lganda — 2 591 404 so‘m;
ikkinchi malaka toifali bo‘lganda — 2 775 080 so‘m;
birinchi malaka toifali bo‘lganda — 2 963 440 so‘m;
oliy malaka toifali bo‘lganda — 3 143 811 so‘mni tashkil etmoqda.
Shuningdek, pandemiya davrida Vazirlar Mahkamasining «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarini maqbullashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 575-sonli qarorining 1-ilovasiga muvofiq Maktabgacha ta’lim vazirligining byudjetdan tashqari jamg‘armasi uchun nazarda tutilgan mablag‘lari maqbullashtirilgan.

Avvalroq Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov 2020 yilda bajarilgan hisob-kitobga ko‘ra, O‘zbekistonda 5600 so‘m ishlab topgan odam kambag‘al emasligini aytgani ma’lum qilingan edi. Keyinchalik Obid Hakimov ushbu fikri yuzasidan 5 noyabr, payshanba kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Toshkentda kamerunlik fuqaro uchun 60 ming dollar garov puli so‘ragan jinoiy to‘da qo‘lga olindi Toshkent shahar Yashnobod tumanida kamerunlik fuqaro uchun 60 ming dollar garov puli so‘rab, unga turli jismoniy jarohatlar yetkazgan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Bu haqda «Toshkent» telekanalidagi dasturda ma’lum qilindi.   Ta’kidlanishicha, Yashnobod tumanida Shakurov Ramzes 2019 yilning 27 may kuni o‘z xonadonida jinoiy to‘dasi bilan birgalikda kamerunlik Jan Marini o‘g‘irlab ketib, to‘rt kun davomida tutqunlikda garovda saqlagan. Voqeaga kamerunlik Mark va Uilyam ismli fuqarolarning qilmishi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Ular 2019 yil boshida O‘zbekistonga firibgarlik yo‘li bilan pul topish uchun kelgan va o‘zbekistonlik Shakurov Ramzes odamlarini chuv tushirib, 20 ming dollarni olib ketgan.Bu hol Ramzes va uning jinoiy to‘dasining g‘azabini keltiradi. Shundan so‘ng ular kamerunlik Mark va Uilyamni O‘zbekistonga chaqirib, daromad topishi mumkinligi haqida aytadi. Lekin kamerunlik firibgarlar O‘zbekistonga o‘zlari kelmasdan Jan Mari ismli shaxsni jo‘natadi.Jan Marini belgilangan tuzoqqa boshlab borish jinoiy to‘daning Hoshimov Farhod, Qodirov Abbos ismli a’zolariga yuklatiladi. Bu fuqarolar kamerunlik Jan Marini shahar aylantirish bahonasida olib ketadi va Yashnoboddagi xonadonga boshlab keladi.«Hovliga kirganimda bu yerning holatini ko‘rib qo‘rqib ketdim. Ketmoqchi bo‘lganimda ular meni ichkariga majburlab olib kirishga harakat qilishdi. Shunda ichkaridan Temur ismli yigit chiqib kelib, meni sudrab uyga olib kirdi. Og‘zimga latta tiqib, oyoq-qo‘limni bog‘lab, muzlatkich yoniga yotqizib qo‘yishdi. Boshimni, jag‘imni devorga urishdi. Hozir bu joyni oqlab tashlashibdi», — deydi Jan Mari.Kamerunlik Jan Mari to‘rt kun davomida tutqunlikda, qiynoqda saqlangan. Bu holni jinoiy to‘da videoga olib, Mark va Uilyamga yuborgan. Ularning maqsadi 60 ming dollar ishlash bo‘lgan. Agar aytilgan summani berishmasa, Jan Marini o‘ldirib yuborish bilan tahdid qiladi.To‘rt kundan so‘ng Kamerundan so‘ralgan pullarni jo‘natishga rozi ekanligi haqida xabar keladi. Bu xabardan so‘ng jinoiy to‘da a’zolari Jan Marini xonadondan olib chiqib, Yashnobod tumani Jarqo‘rg‘on ko‘chasida joylashgan «Gelikon» mehmonxonasiga olib boradi, yuvintirib, kiyintiradi.Bu vaqt ichida Tashqi ishlar vazirligiga Fransiya elchixonasidan Jan Marining o‘g‘irlab ketilgani haqida xabar kelib tushgan. DXX tomonidan tezkor qidiruv ishlari boshlangan va bu jarayon yakunlanmasdan tutqundagi kamerunlik fuqaro qochib ketishga ulgurgan.Oqibatda jinoiy guruhga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, bu jinoiy ishga aloqador bo‘lgan 15 kishi qo‘lga olingan. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 245-moddasi (Shaxsni garov sifatida tutqunlikka olish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Shakurov Ramzes va jinoiy guruhning boshqa a’zolariga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.Avvalroq Toshkentda ayolning yalang‘och raqsga tushgan videolarini tarqatish bilan «shantaj» qilib, 50 ming dollar talab qilgan erkak qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi. Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 05-11-2020 Нодирбек

    Булманг гап ойим богчалар ишлайди 700000-800000атрофида ойлик олади

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish