O`zbekistonda Tanzila Norboeva rahbarligi ostida Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tashkil etiladi

Bu haqda Prezidentning Parlamentga Murojaatnomasida ma`lum qilindi.

"Biz mamlakatimizda istiqomat qilayotgan 17 milliondan ziyod opa-singillarimiz, qizlarimiz, onaxon va momolarimiz yuragidagi orzu-umidlarini ro`yobga chiqarish uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berishimiz lozim.  

Ayollarning andisha qilib, biz erkaklarga ayta olmagan dardu tashvishlari, kundalik muammolari, orzu-niyatlarini ularning o`zidan yaxshi tushunadigan inson yo`q. Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi rolini oshirish bo`yicha olib borgan islohotlarimiz natijasida Parlamentimiz yangi tarkibining 30 foizi ayollardan iborat bo`ldi.

Реклама на Unews

Viloyat, shahar va tuman hokimlarining xotin-qizlar masalalari bo`yicha maslahatchisi lavozimi joriy etildi. Endi xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi o`rni va nufuzini oshirish, ularga yangi imkoniyatlar yaratish bo`yicha navbatdagi qadam sifatida, hayotni va ayollar muammolarini yaxshi biladigan, faol va tashabbuskor opa-singillarimizdan iborat Respublika Xotin-qizlar jamoatchilik kengashini tashkil etishni taklif qilaman.

Kengashga bu borada katta tajribaga ega bo`lgan Senatimiz Raisi Tanzila Kamolovna Norboeva rahbarlik qilsa, degan taklifni bildirsam, o`ylaymanki, barchangiz meni qo`llab-quvvatlaysiz", dedi Shavkat Mirziyoev.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring