O‘zbekistonda “svet”dan qarzdorlar yana tarmoqdan uziladi

Joriy yilning 27 yanvar kunidan boshlab elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) qayta ishga tushiriladi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

"Mazkur tizimning qayta ishga tushirilishi natijasida qarzdorlik tufayli xonadoningizda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lishini oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatda mavjud to‘lov tizimlari (Click, Payme, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati mavjudligini yana bir bor eslatib o‘tamiz", deyiladi xabarda.

Ogohlantirilishicha, qarzdorligi mavjud iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan uziladi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring