Oʻzbekistonda suyultirilgan gaz ballonlari onlayn nazorat qilinadi!

Oʻzbekistonda suyultirilgan gaz ballonlari onlayn nazorat qilinadi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 2020 yilning 15 oktyabridan boshlab «Nududgaztaʼminot» AJ tomonidan respublika hududlari boʻylab gaz ballonlariga shtrix kodli stikerlarni oʻrnatish ishlari boshlangan.

Bu tizim quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Реклама на Unews

I bosqich — maishiy gaz ballonlariga maxsus shtrix kodli stikerlar oʻrnatiladi;

II bosqich — isteʼmolchilar ID kartalar bilan taʼminlanadi;

III bosqich — mazkur jarayonlar «YE-gaz» onlayn tizimiga ulanadi.

Реклама на Unews

Qayd etilishicha, isteʼmolchiga berilgan ID kartada barcha maʼlumotlar koʻrinib turadi. Bu bilan narx-navoni asossiz oshirish muammosi boʻlmaydi. Shu bilan birga bu tizimda gaz balloni tarqatish oraligʻi 45 kun boʻlsa, 45 kun ichida faqatgina bir marta pul yechib olinadi. Yaʼni 45 kun ichida ikkinchi bor gaz balloni olishning imkoni boʻlmaydi.

Xabarga koʻra, avtomatlashtirilgan tizimda belgilangan mablagʻ tegishli muddatda yechib olinadi. Yaʼni haydovchi ekspeditor va taʼminotchi xodimlar tomonidan gaz balloni uchun qoʻldan naqd pul olinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Avvalroq Andijonda aholiga soʻnggi oʻn oyda 47 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazilgani va Uychida aholiga suyultirilgan gaz tarqatish rejasi 85 foizga bajarilgani maʼlum qilingandi. Shuningdek, Oltiariqda oʻtkazilgan qabulda yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 40 ta kislorod balloni topshirilgandi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring