BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

O‘zbekistonda qo‘shxotinlikka ruxsat berildimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda ikkinchi xotinga uylanishga rasman ruxsat berilgani haqida xabarlar tarqala boshladi. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Davlat xizmatlari agentligi tizimiga kiruvchi FHDYO bo‘limlari vakolati doirasida bo‘lgani bois rasman munosabat bildirdi va bu xabarlarni rad qildi. Bu haqida "Qalampir.uz" nashri xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 126-moddasiga ko‘ra, ko‘p xotinli bo‘lish, ya’ni umumiy ro‘zg‘or asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashash — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bundan tashqari, Oila kodeksining 16-moddasiga asosan nikoh tuzishga loaqal bittasi ro‘yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida yo‘l qo‘yilmaydi.

Vazirlar Mahkamasi qarorlarining qisqartmasi — VMQ etib belgilanadi. PQ deyilganda Prezident qarori ko‘zda tutiladi.

Agentlikning qayd etishicha, 2020 yil 10 aprel kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan tarqalayotgan xabarda ko‘rsatilgan qaror qabul qilinmagan.

Ma’lumot tariqasida, O‘zbekistonda hozirgi kunda demografik ko‘rsatkich bilan hech qanday muammo yo‘q. Bir yilda o‘rtacha 750-800 mingga yaqin bolalar tug‘ilishi qayd etilmoqda.

UzAuto Motors avtomobillarga chegirma e’lon qildi

Sirdaryoga yuborilgan xayriyalar ko‘pligidan yoqib yuborilyaptimi? FVV izoh berdi (foto)

Amerikada kuchli toshqin xavfi kuchaymoqda. 2 ta to'g'on yorilgan...

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

FVV Sirdaryoda olib borilayotgan ishlar bo‘yicha yangi tafsilotlarni ma’lum qildi Toshqindan talafot ko‘rgan 541 uyda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirga 13,524 nafar ishchi va 622 transport vositasi jalb qilingan.  Bu haqida "Zamin.uz" nashri xabar bermoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sirdaryo viloyatida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha yangi tafsilotlarni ochiqladi. Qayd etilishicha, bugungi kunga qadar jami 1349 nafar fuqaroning biometrik pasporti tiklandi. Qayta o‘rganish natijasida 1116 nafar fuqaroning pasporti topildi. Hozirgi kunda 983 nafar fuqaroning pasportlarini tiklash ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, 818ta tug‘ilganlik va 12ta o‘lim haqidagi, 291ta nikoh guvohnomalari tiklandi. Toshqindan talafot ko‘rgan 13 mingdan ziyod aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining banklardan mavjud 186,2 mlrd. so‘mining qaytarish muddati 6 oygacha uzaytirib berildi. Jami 5,549 pensionerning 3,9 mlrd. so‘mlik pensiya pullari Xalq banki filiallari tomonidan naqd pul shaklida to‘liq yetkazib berildi. Toshqindan talafot ko‘rgan 541 uyda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirga 13,524 nafar ishchi va 622 transport vositasi jalb qilingan. Hududlarni aloqa va internet xizmatlari bilan ta’minlash ishlariga 100 ortiq soha, 200 nafarga yaqin harbiy aloqa mutaxassislari va 15ta maxsus texnika jalb qilingan. Elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar sababli uzilgan 44ta mobil aloqa baza stansiya faollashtirildi. Suv ostida qolgan 12ta, jami 56ta (97 foiz) mobil baza stansiyaning faoliyati qayta tiklandi. Uzilishlar yuzaga kelgan hududlarda o‘rnatilgan mavjud jami 86ta baza stansiyalarining 84tasi (98 foiz) faol holatda ishga tushirildi. O‘zbekistonda qo‘shxotinlikka ruxsat berildimi? UzAuto Motors avtomobillarga chegirma e’lon qildi Sirdaryoga yuborilgan xayriyalar ko‘pligidan yoqib yuborilyaptimi? FVV izoh berdi (foto) Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring