O`zbekistonda qishning ilk kunlari qor yog`ishi kutilmoqda

1-2 dekabr kunlari Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent va Farg`ona vodiy viloyatlarida yog`ayotgan yomg`irlar qorga aylanish ehtimoli ortdi. Bu haqda Gidrometeorologik ilmiy tahlillar, ob-havo prognozlari, tadqiqotlar, ma`ruzalar kanali muallifi E. Abdulahatov xabar bermoqda.

"O`zgidromet"ga tayanib keltirilishicha, yangi dekabr oyining dastlabki ikki kunida Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Toshkent va Farg`ona vodiy viloyatlarida aholi "qor yog`ish hodisalariga" guvoh bo`lishlari mumkin.  

Shu jumladan, 1-2 dekabr kunlari Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududlarida havo harorati -10 daraja sovuq bo`lishi, 29-30 noyabr kunlari respublikaning tog`li hududlarida kuchli qor bo`ronlar kuzatilishi ma`lum qilinmoqda.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring