O`zbekistonda pensiyani hisob-kitob qilish uchun o`rtacha ish haqi maksimal miqdori oshiriladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

 

Unda qo`mita a`zolari “Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga o`zgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasini dastlabki tarzda muhokama qilishdi.

 

Ta`kidlanganidek, mazkur qonun loyihasi “2022-2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug`lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning 223-bandiga asosan ishlab chiqilgan.

Реклама на Unews

 

Qonun loyihasi bilan pensiyani hisob-kitob qilish uchun o`rtacha ish haqining maksimal miqdorini pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 barobaridan 12 barobarigacha oshirish nazarda tutilmoqda.

Taklif etilayotgan ushbu tartib pensionerlarning daromadi va farovonligini oshirish, pensiyalar miqdori bilan ish haqi o`rtasidagi tafovutni kamaytirish, pensiya oluvchi fuqarolarning moddiy farovonligini yanada oshirish, ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Savol-javoblarga boy bo`lgan yig`ilishda qo`mita a`zolari tomonidan qonun loyihasi dastlabki tarzda ma`qullanib, Qonunchilik palatasi Kengashining navbatdagi majlisi muhokamasiga kiritishga kelishildi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring