O‘zbekistonda pensiya miqdorining ikki baravar oshirilishi to‘g‘risidagi xabarlarga oydinlik kiritildi

Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi 21 dekabr kuni pensiya miqdorining ikki baravar oshirilishi to‘g‘risidagi xabarlarga oydinlik kiritdi.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yolg‘on va pensiya miqdorini qayta hisoblash Prezident farmoni bilan amalga oshiriladi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda pensiya miqdorining ikki barabar oshirilishi haqida xabar tarqaldi. Bu – yolg‘on! Pensiya miqdorini qayta hisoblash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilingandan so‘ng amalga oshiriladi va bu haqda jamg‘armaning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bu kabi soxta xabarlarga ishonmaslikni, rasmiy manbalarga tayanib ma’lumot olishni so‘raydi va aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligini eslatadi», deyiladi jamg‘arma xabarida.

Avvalroq O‘zbekistonda yanvar—centyabr oylarida 239,2 ming nafar fuqaroga pensiya va nafaqalar tayinlangani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, O‘zbekistonda pensiya tayinlashda talab qilinadigan hujjatlar qisqartirilgani xabar qilingan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring