BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

O`zbekistonda o`rtacha pensiya miqdori qancha?

Yillar davomida mamlakat  aholisi bilan birgalikda pensiya va nafaqa oluvchilar soni ham oshib bormoqda. Xususan, 2020 yil 1 may holatiga pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 3 734 230 nafarni tashkil qilgan bo`lsa, 1991 yil 1 yanvar holatiga (2 158 995 nafarga) nisbatan 1 575 235 nafarga yoki 42,2%ga ko`paydi.Pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy aholi sonidagi ulushda ham o`sishni ko`rish mumkin. 1991 yilda 10,4%ni tashkil etgan bo`lsa, bugungi kunda 11,0 % foizni tashkil qilib, 0,6%ga ortgan. Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.

Pensiya va nafaqa oluvchilarni hududlar kesimida olib qaraydigan bo`lsak, ularning 13,3% i Toshkent shahriga, 12,3%i esa Navoiy viloyatiga to`g`ri keladi. Shuningdek, Toshkent, Buxoro, Farg`ona, Sirdaryo, Andijon viloyatlarida 11%dan ortiq va Xorazm - 11,0% ni tashkil etadi.  Boshqa hududlarning 9% dan 10 %gacha bo`lgan aholisi pensiya va nafaqa oluvchilarga to`g`ri keladi.

Aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini, nogironligi bo`lgan shaxslar, pensiya va nafaqa oluvchilarni yanada ijtimoiy qo`llab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish hamda respublika fuqarolarini ijtimoiy qo`llab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlariga asosan 1991-2020 yillarda pensiya va nafaqalarning miqdori 64 marotaba oshirildi. 1991 yil 1 yanvar holatiga pensiyalarning o`rtacha miqdori 96 so`m 50 tiyin bo`lgan bo`lsa, 2020 yil 1 may holatiga 747 480 so`mga etdi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring