BIRINCHI BO'L!
Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!
Obuna bo'lish
×
Breaking
Dunyo
Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi tashkilot rahbari pora bilan ushlandi!
0
Dunyo
Eron hukumati futbolchi o‘limga hukm qilingani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi!
0
O'zimizda
Shavkat Mirziyoev 2023 yil nomini e'lon qildi.
0
Реклама закроется через
8
x
Ташкент
+
21...
+
32° C
uz
ru
uz
ru
Bosh sahifa
O'zimizda
Dunyo
Ilm-fan
Iqtisod
Sport
Texnologiya
Smartfonlar
Kompyuterlar
Uchar apparatlar
Avtomobillar
Robotlar
Boshqalar
O‘zbekistonda o‘quvchilarning so‘nggi 6 yildagi baholari OTMga kirish imtihonlarida inobatga olinadi
2713
11-11-2020
0
O'zimizda
Shavkat Mirziyoyevning 6 noyabr kuni qabul qilingan «O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra, OTMga kirish imtihonlarida maktab o‘quvchilarining so‘nggi 6 yildagi ko‘rsatkichi inobatga olinadi. Bu haqda DTM direktori o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi,
deb yozmoqda
"teznews.uz" nashri.
Farmonga muvofiq, 2020/2023 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining shahodatnomasiga majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichi kiritiladi va ushbu ko‘rsatkich oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonlarida inobatga olinadi.
Mavzuga doir: O‘zbekistonda OTMga kirishdagi test sinovlari mazmuni maktab dasturlariga moslashtiriladi
Bunda, 2022/2023 o‘quv yiliga qadar Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari bilan birgalikda o‘quvchilar bilimini baholash jarayonini raqamlashtirish va shaffofligini ta’minlash maqsadida barcha umumta’lim muassasalarida «Elektron kundalik» dasturi joriy etiladi.
Ta’kidlanishicha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining baholarini oliygohga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi 2021 yil 1 iyunga qadar Davlat test markazi tomonidan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqiladi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Avvalroq xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekistonda OTMga kirish imtihonlarida maktab o‘quvchilarining so‘nggi 6 yildagi ko‘rsatkichi inobatga olinishi haqida ma’lum qilgandi.
Shuningdek, O‘zbekistonda tasviriy san’at bo‘yicha respublika tanlovi g‘oliblari OTMga imtihonsiz davlat granti asosida kirishi bekor qilingani haqida xabar berilgandi.
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan
Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring
!
Koronavirusni engishga yordam beradigan 2ta samarali mahsulot ma`lum qilindi
Xalqaro ekspertlar COVID-19 bilan o`rtacha va og`ir darajada kasallangan bemorlar ishtirokida tadqiqot o`tkazdi. Asal va qora sedana iste`mol qilish bemorga koronavirus infeksiyasini engishga yordam beradi. Tadqiqot natijalari medRxiv portalida e`lon qilindi, deya yozmoqda effect.uz. Xalqaro mutaxassislar guruhi COVID-19 bilan o`rtacha va og`ir darajada kasallangan bemorlar ishtirokida tadqiqot o`tkazdi. Ishtirokchilarning bir qismi har kuni tana vazniga bir gramm asal va 80 milligramm qora sedanani, qolgan qismi esa – plasebo ichishdi. Tadqiqot shuni ko`rsatdiki, ushbu ikki mahsulotni qabul qilish bilan o`rtacha va og`ir darajadagi simptomlarni 3 va 7 kun ichida engillashishiga olib keldi va organizmdan virusni 4 kun oldin chiqarib tashlashga yordam berdi. Olimlarning ta`kidlashicha, asal va qora sedana kombinasiyasini iste`mol qilish hech qanday salbiy ta`sir ko`rsatmadi, uni yakka o`zini yoki boshqa COVID-19 muolajalari bilan birgalikda ishlatish mumkin. Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Yulduz Usmonova Ichki ishlar xodimlaridan uzr so‘radi (video)
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar xodimlariga qaratilgan haqoratlari bugun mamlakatda kun tartibiga chiqdi. Mazkur holatga nisbatan Ichki ishlar vazirligi munosabat bildirganicha yo‘q, ammo Madaniyat vazirligi Usmonovaga nasihat tarzidagi “munosabat”ni e’lon qildi. Bu haqida "Qalampir.uz" nashri xabar bermoqda. Oradan ko‘p o‘tmay O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova kecha Instagram sahifasidagi jonli muloqotidagi haqoratlari uchun uzr so‘radi. “Hurmatli Ichki ishlar vazirligi xodimlari. Hammangizdan ulug‘ ayyom kunlarida dilingizni og‘ritgan bo‘lsam, uzr so‘rayman. Lekin hammamizda ayb bor. Men xotin kishiman, lekin men aybsiz, ko‘rmagan joyimga, ko‘r ko‘zlarim bilan gapirmayman. Ko‘rganim uchun gapirdim. Ko‘rganlarim uchun, gapirganim uchun uzr so‘rayman”, deydi Usmonova. Xonandaning uzrida ham kinoya bor. U gaplari uchun uzr so‘rab, Ichki ishlar xodimlari haqidagi fikrida sobit qolayotgandek. Madaniyat vazirligi IIV xodimlarini haqoratlagan Yulduz Usmonovaga dakki berdi Toshkentda karantin 2 kundan keyin tugashi haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi Yulduz Usmonova IIV xodimlarini "pryamoy efirda" haqoratladi Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Fikr qoldiring
Javob yozish:
Ism
*
Izoh matni
*