O‘zbekistonda o‘quvchilarga ta’limni onlayn davom ettirishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda o‘quvchilarga ta’limni onlayn davom ettirishga ruxsat berildi. Bu haqda xalq ta’limi vazirligi xabar qildi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, uyida yoshi ulug‘lar bor bolalar, surunkali kasali borlar o‘qishni onlayn davom ettirishi mumkin. Lekin ota-onalar bolalari vazifalarni o‘z vaqtida bajarishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berishlari kerak bo‘ladi.

Ta’kidlash joiz, 2020 yil sentyabr oyida maktablar bosqichma-bosqich ochilishini boshladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 90 foiz bolalar maktabga borishmoqda, ularning 10 foizigina onlayn ta’limni davom ettiryapti. Avvalroq XTV 11 yanvardan barcha o‘quvchilar an’anaviy ta’limda o‘qishini ma’lum qilgan edi. Lekin ota-onalarning noroziligi sababli onlayn-ta’limni qaytarish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring