O‘zbekistonda noqulay ob-havo tufayli mahalliy va xalqaro parvozlar vaqti o‘zgartirildi

«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi «Andijon — Samarqand — Andijon» yo‘nalishi bo‘yicha HY049/HY050 reyslari noqulay ob-havo sharoiti tufayli bekor qilinganini ma’lum qildi.

Shuningdek, «Buxoro — Namangan — Buxoro» yo‘nalishi bo‘yicha HY73/74 reyslari ham noqulay ob-havo sharoiti tufayli bekor qilingan.

HY091/HY092 «Toshkent — Andijon — Toshkent» reysi esa o‘zgartirilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. Toshkentdan uchish mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da amalga oshiriladi, Andijon aeroportiga yetib kelish soat 14:00. Qaytish reysi mahalliy vaqt bilan soat 16:20 ga belgilangan.

Реклама на Unews

Bundan tashqari, «Uzbekistan Airways» HY9605 «Samarqand — Moskva», HY639 «Samarqand — Sankt-Peterburg» yo‘nalishidagi reyslarni ob-havo sharoiti tufayli soat 15:00 ga qoldirdi.

Shuningdek, «Flydubai» aviakompaniyasining «Samarqand — Dubay» yo‘nalishi bo‘yicha FZ770 reysi soat 19:00 ga ko‘chirildi.

Kompaniya xabariga ko‘ra, hozirda Samarqand aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagini tozalash ishlari munosabati bilan havo kemalarini qabul qilish/jo‘natish bo‘yicha vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgan.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring