O`zbekistonda maktab va bog`cha atrofidagi avtomobil tezligi 30 kilometrdan oshirilmasligi belgilandi

O`zbekistonda hukumat qarori bilan yo`l harakati qoidalari tasdiqlandi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda. 

 Hujjatga ko`ra, aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, maktab va maktabgacha ta`lim tashkilotlari atrofidagi yo`llarda 300 metrgacha bo`lgan masofada 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi er uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruhsat etiladi.

Bunda O`zbekistan Prezidentining 2022 yil 4 apreldagi PQ-190-son qarori bilan tashkil etilgan Yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash sohasidagi respublika komissiyasining qarori asosida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi yo`l harakati qatnovi yuqori bo`lgan va aholi gavjum hududlarda transport vositalari harakatlanishining yuqori tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilanishi mumkin;

Реклама на Unews

-  engil avtomobillarda yuk tashishga ularning tom qismiga o`rnatilgan yukxonadagi yukning balandligi 1 metrdan (maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlarni tashish bundan mustasno) va uzunligi avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmagan taqdirda yo`l qo`yiladi;

- yuk avtomobillari, Yo`l harakati qoidalarida belgilangan ayrim istisnolardan tashqari barcha holatlarda, yo`lning faqat o`ng qatnov qismidan harakatlanishi shart;

-  transport vositalarining qayrilib olish joylarida va unga 30 metr etmasdan yoki o`tib to`xtash taqiqlanadi;

Реклама на Unews

- sutkaning korong`i vaqtida va etarlicha ko`rinmaydigan sharoitda velosiped yo`lkasi bo`lmagan holda yo`lning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedchilar nur qaytargichli kamzulda yoki nur kaytaruvchi elementlar bo`lgan ustki kiyimda bo`lishi shart.

Yangi tahrirdagi Yo`l harakati qoidalari 2022 yil 1 maydan boshlab amalga kiritiladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring