O`zbekistonda laboratoriya sharoitida "omikron" virusini aniqlash imkoni bormi?

Hozir respublikamizda SARS-CoV-2 uchun ishlatilayotgan PZR diagnostikasi ushbu variantni aniqlashi mumkin.

Mazkur savolga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan javob taqdim etildi.

Kasallik belgilari mavjud bo`lish yoki bo`lmasligidan qat`iy nazar SARS-CoV-2: B.1.1.529. (Omikron) virusi tarqalgan hududlarga borib kelgan barcha hamyurtlarimizdan olingan namunalarni tanlab olish yo`li orqali chuqurroq o`rganish orqali ushbu virus hududimizga kirib kelgan yoki kirib kelmaganligiga baho berish mumkin. Bu kabi izlanishlarni faqat ilmiy maqsadda, epidemik jarayonni xarakatlantiruvchi kuchga baho berish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Innovasion Rivojlantirish vazirligi laboratoriyalarida amalga oshirish mumkin. 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring