O‘zbekistonda korrupsiya haqida xabar berib, uni fosh etishga hissa qo‘shganlar qancha pul mukofot olishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda korrupsiya haqida xabar berib, uni fosh etishga hissa qo‘shganlar qancha pul mukofot olishi ma’lum qilindi. Bu haqda Vazirlar mahkamasining tegishli nizomida so‘z yuritilgan.

Unga ko‘ra, fuqarolar quyidagi hollarda bir martalik pul bilan rag‘batlantirilishi mumkin.

- fuqaro huquqni muhofaza qiluvchi organlarga (Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti) korrupsiya haqida xabar berib bu fosh etilsa;

- qidiruvdagi korrupsioner haqida xabar berilib, u ushlansa (huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari bundan mustasno).

Yuqoridagi holatlardan birini amalga oshirib, korrupsiya bilan bog‘liq holatning fosh etilishida hissa qo‘shgan shaxslar BHMning 3 baravaridan 25 baravarigacha (669 ming so‘mdan 5 mln 575 ming so‘mgacha) miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantirilishi mumkin.

Shuningdek, pora miqdori BHMning yuz baravaridan ko‘p bo‘lsa, uning mukofoti quyidagicha bo‘ladi.

- ancha miqdor uchun – mulk qiymatining 15 foizi miqdorida;

- ko‘p va juda ko‘p miqdor uchun – mulk qiymatining 10 foizi miqdorida.

Shu bilan birga, korrupsiya fosh etilishiga hissa qo‘shaganlar nafaqat pul bilan rag‘batlantirilishi, balki ular davlat mukofotiga ham tavsiya etilishi mumkin. Rag‘batlantirish masalasi maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 03-01-2021 cayot

    Quloqlani ko'paytirish qo'shma korhonasi tashkil qilinvotgan ekanda🤣🤣🤣

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish