O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirish holati 3078 taga yetdi

2020 yil 23 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3078 (+42) nafarni tashkil qilmoqda, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Yangi kasallanish holatlarining barchasi chet eldan kelgan fuqarolarda aniqlangan. Jumladan, 38 nafar Sankt-Peterburgdan charter reys bilan, 2 nafar  Tojikistondan kelgan va karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolarda hamda 2 nafar Qozog‘iston orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida infeksiya qayd etildi.
Ayni paytda yurtimizda 2492 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Hozirda mamlakatimizda 573 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir. Barcha bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring