O‘zbekistonda koronavirusga test topshirganlar 1 million kishiga yaqinlashib qoldi

AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat (12 iyun holatiga ko‘ra) bo‘yicha ma’lumot berdi, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Hozirda 4 819 nafar bemorda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. Shundan 3637 nafar (75%) bemor sog‘aygan, 1163 nafari davolanishda davom etmoqda;

11 iyun kuni mamlakat bo‘yicha 118 ta holat aniqlangan. Shundan 70 nafari karantin muassasasida, 39 nafari aholi orasida (Navoiy viloyatida 18 ta, Toshkent shahrida 17 ta, Namangan viloyatida 3 ta hamda Toshkent viloyatida 1 ta), 9 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan;

Реклама на Unews

Kecha 105 nafar bemor sog‘ayib, shifoxonadan chiqqan;

Virusologik laboratoriyalarda oxirgi bir kunda — 17 086 ta, epid mavsum davomida — 865 072 ta test sinovlari o‘tkazildi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring