O‘zbekistonda koronavirusga qarshi Xitoy vaksinasining sinovi uchun ko‘ngillilar qay tartibda saralab olinadi?

Vazirlik huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi direktori o‘rinbosari Alisher Abdullayev Maxima radiosiga bergan intervyusida Xitoy vaksinasining xususiyatlari, ko‘ngillilarni tanlab olish va ularni sinovdan o‘tkazish jarayonlari haqida so‘zlab berdi, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Avvalroq innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xitoy vaksinasi Toshkentga olib kelinganini ma’lum qilgandi. Uning aytishicha, besh ming kishiga yetadigan vaksina Xitoydan Toshkentga olib kelingan. Vaksinalar maxsus sharoitlarda saqlanmoqda. Ko‘ngillilar jamoasi shakllantirilganidan so‘ng har bir oilaviy poliklinikada imkoniyatdan kelib, chiqib ma’lum sondagi ko‘ngillilar bo‘yicha sinov ishlari amalga oshiriladi.

17 noyabr kuni Sanitariya-epidemiologik farovonlik agentligi birinchi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov O‘zbekistonda 2021 yilning iyunigacha aholining 60 foizi koronavirusga qarshi emlanishini ma’lum qilgandi.

Реклама на Unews

Alisher Abdullayevning intervyusidan iqtiboslar:

Nima sababdan Xitoy vaksinasi tanlandi?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti talablariga ko‘ra, klinik sinovlarning uchinchi fazasi ko‘p sonli ko‘ngillilar o‘rtasida — kamida 30 ming — va dunyoning turli nuqtalarida o‘tkazilsihi kerak. Ushbu vakisna Xitoydagi I va II faza sinovlarida mutlaqo xavfsizligini tasdiqlagani sabab tanlov shunda to‘xtatgan.

«Ta’kidlash kerakki, sinovlar va ularning natijalariga oid barcha protokollari JSST tomonidan tartibga solinadi va tasdiqlandi. Nima sababdan u xavfsiz? Chunki u rekombinan platformaga asoslangan, ya’ni bir nechta variant mavjud, adenovirus platformalar, virusni kuchsizlantirish texnologiyasi ham bor. Mazkur holatda organizmga virus va adenovirus emas, balki COVID-19’ni keltirib chiqaruvchi koronavirus virusining oqsili kiritiladi», — deydi Abdullayev.

Реклама на Unews

Shu sababli, vaksinaning mavjud uchta variantidan mazkur ishlab chiqaruvchining mahsuloti eng xavfsiz hisoblanadi.

Ko‘ngillilarni tanlab olish qanday amalga oshiriladi?

Ko‘ngillilar quyidagi asosiy talablarga mos kelishi lozim: bu 18—59 yosh oralig‘idagi bo‘lgan, jiddiy va surunkali kasalligi, allergiyasi yo‘q, COVID-19 bilan kasallanmagan va vaksinatsiya vaqtida koronavirusga chalinmagan erkak va ayollar.

Saralab olish vaqtida ko‘ngillilar barcha tekshiruvdan o‘tadi. OAV orqali volontyorlarning saralanishi bo‘yicha, ya’ni sinovlarning uchinchi fazasida ishtirok etishni xohlagan ko‘ngililar uchun e’lon beriladi. Shuningdek, volontyorlarni saralash bo‘yicha talablar keltirilib, ularning bu bilan tanishib olishi uchun imkoniyat yaratiladi.

Ixtiyoriy-majburiy vaksinatsiya bo‘lmaydimi?

Ko‘ngillining o‘zi ham, shifokor ham, O‘zbekistondagi monitoring va treninglarni o‘tkazish uchun kelgan Xitoy kompaniyasi vakillari ham kimga vaksina (kimga platsebo) yuborilishini bilmaydi. Bu ikkitalik randomlashgan tadqiqot hisoblanib (tibbiy tadqiqotlarni o‘tkazishdagi «oltin standart»), jahon amaliyotida qo‘llaniladi. Shunday qilib, ixtiyoriy-majburiy vaksinatsiya bo‘lmaydi.

«Birinchidan, bizda yetarli darajada ko‘ngillilar mavjud. Ikkinchidan, agar odamlar buni bilmasa, sinovlarning uchinchi fazasini o‘tkazishdan maqsad biror-bir salbiy oqibatlarni aniqlashga asoslanmagani yetkaziladi. Uni o‘tkazishdan maqsad vaksinalar ishining samaradorligini tekshirish, ya’ni odamlar vaksinatsiyadan keyin koronavirusga chalinadimi yoki yo‘q, shuni aniqlash», — deydi Abdullayev.

Klinik sinov ishtirokchilariga pul to‘lanadimi?

Sinovlarning uchinchi fazasi yakunida ishtirokchilarning barchasiga pul to‘lanishi nazarda tutilgan. Bu standart jahon amaliyoti.

Bundan tashqari, barcha ishtirokchilar sug‘urtalanadi, ya’ni ular sinov vaqtidagi biror-bir salbiy ta’sirlar uchun tibbiy sug‘urtaga ega bo‘ladi.

Salbiy ta’sirlar va yoqimsiz holatlar kuzatiladimi?

Bu kabi tadqiqotlar davomida butun dunyoda barcha holatlar inobatga olinadi. Ya’ni agarda biror jiddiy muammo yuzaga kelsa, u darhol qayd etiladi va o‘lim sababi aniqlanmagunicha vaksinalar sinovi to‘xtatib qo‘yiladi. Sabab aniqlangach esa, tadqiqot yopiladi, to‘xtatiladi yoki qayta davom ettiriladi.

«Biroq bugungi kunda bilamizki, barcha vaksinalar sinovining uchinchi fazasida, ha, mojarolar sodir bo‘lgan, biroq yaxshilab o‘tkazilgan tekshiruvlardan keyin, ushbu salbiy ta’sirlar tadqiq etilayotgan vaksina sabab yuzaga kelmagani aniqlangan», — deydi Ilg‘or texnologiyalar markazi direktori o‘rinbosari.

Maxima radiosining Alisher Abdullayevga asoslanib ta’kidlashicha, O‘zbekistonda jiddiy monitoring tashkillashtiriladi va mamlakatda salbiy ta’sirlar kuzatilsa, uning sabablari aniqlanguniga qadar barcha sinovlar to‘xtatiladi.

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda JSST ma’lumotlar bazasiga klinik sinovlardan o‘tkazilayotgan 25 ta va 139 ta klinik sinovlargacha bo‘lgan sinovlardan o‘tayotgan nomzod-vaksinalar kiritilgan.

Xitoy vaksinasining sinovining uchinchi fazasi nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyoning boshqa mamlakatlarida, xususan, Xitoyda ham o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, noyabr boshida innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov O‘zbekiston, shuningdek, Rossiya, AQSh va Yevropa vaksinalarini sinovdan o‘tkazishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring