O‘zbekistonda koronavirusga chalinish va o‘limlar soni ortdi

2021 yil 2 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 193893 (+260) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining:
📌4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌10 nafari Andijon viloyatida,
📌15 nafari Buxoro viloyatida,
📌8 nafari Jizzax viloyatida,
📌1 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌2 nafari Navoiy viloyatida,
📌9 nafari Namangan viloyatida,
📌21 nafari Samarqand viloyatida,
📌5 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌13 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌14 nafari Xorazm viloyatida,
📌67 nafari Toshkent viloyatida,
📌91 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

♻️Kecha kun davomida:
🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar,
🔹Andijon viloyatida 15 nafar,
🔹Buxoro viloyatida 10 nafar,
🔹Jizzax viloyatida 6 nafar,
🔹Navoiy viloyatida 2 nafar,
🔹Namangan viloyatida 5 nafar,
🔹Samarqand viloyatida 22 nafar,
🔹Sirdaryo viloyatida 12 nafar,
🔹Surxondaryo viloyatida 1 nafar,
🔹 Farg‘ona viloyatida 11 nafar,
🔹Xorazm viloyatida 10 nafar,
🔹Toshkent viloyatida 7 nafar,
🔹Toshkent shahrida 94 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 190503 (+198) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

Реклама на Unews

⚫️Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1413 nafarni tashkil qildi.

Shu kunlarda butun dunyoda koronavirus infeksiyasi qayta bosh ko‘tardi. Ayniqsa, bugun dunyo bo‘ylab kasallikning "omikron" shtammi yashin tezligida tarqalmoqda. Mutaxassislar ushbu shtamm bilan bog‘liq umumiy global xavfni juda yuqori deya baholamoqda. Bu esa har birimizdan karantin qoidalariga qat’iy rioya etish, kasallik tarqalayotgan mamlakatlarga zarurat bo‘lmasa, vaqtincha bormaslik, eng asosiysi, COVID-19ga qarshi to‘liq emlanishni taqozo etadi. Unutmang, vaksina – yagona chora!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring