O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 53 000 nafardan oshdi

2020 yil 23 sentyabr soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 53 051 (+194) nafarni tashkil etmoqda.  

Yangi kasallanish holatlarining 101 nafari Toshkent shahrida, 51 nafari Namangan viloyatida, 15 nafari Andijon viloyatida, 10 nafari Samarqand viloyatida, 8 nafari Qashqadaryo viloyatida, 5 nafari Toshkent viloyatida hamda 4 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida tana harorati ko`tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.  

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.  

Реклама на Unews

Ayni paytda yurtimizda 49 224 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan.  

️Hozirda mamlakatimizda 3 384 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring