O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 36 kishiga yetdi
4654 06-07-2020 0 O'zimizdaSog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashovchi A. (erkak kishi) bir necha kun davomida tana haroratining ko‘tarilishi, tomog‘ida og‘riq va holsizlik bo‘lishiga qaramasdan shifokorlarga o‘z vaqtida murojaat qilmasdan, uy sharoitida davolanib yurgan, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.
Joriy yil 2 iyul kuni Respublika ixtisoslashtirilgan Ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va tekshiruv natijasiga ko‘ra, pulmonolog tavsiyasiga asosan Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasiga yuborilgan.
43 yoshli bemorga “Ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas yetishmovchiligi 2-daraja, semizlikning 3-darajasi” tashxisi qo‘yilgan. Unda koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan.
Реклама на Unews
Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli malakali shifokorlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.
Biroq shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.
Shuningdek, ayni vaqtga kelib O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 36 kishiga yetdi. Ushbu virusni jami 10143 kishi yuqtirgan bo‘lsa, 6584 kishi kasallikdan forig‘ bo‘lgan.
Реклама на Unews
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.