O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1454 nafarga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Buxoro, Samarqand va Toshkentda koronavirusga chalinganlarning navbatdagi guruhlari tuzalgani haqida xabar berdi. Bugun hozircha jami 49 kishi sog‘aydi va jami tuzalganlar soni 1454 nafarga yetdi. Bu haqida "Zamin.uz" nashri xabar bermoqda.
Buxoro viloyatida yana 35 nafar koronavirusga chalingan bemor to‘liq sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shifo topganlarning 20 nafari Rossiyadan charter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Qolgan 15 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 26 nafari erkak, 9 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 83 yoshli otaxon bo‘lsa, eng yoshi kichigi 4 yoshli bola.

Buxoro viloyatida asosan xorijiy davlatlardan charter reyslar bilan olib kelingan fuqarolar orasida koronavirus infeksiyasiga chalinib davolanayotgan 434 nafar bemordan endilikda 367 nafari butunlay sog‘aydi. Ayni paytda viloyatda yana 67 nafar bemor qolmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berishicha, bugun Samarqand viloyatida ham 10 nafar bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Samarqandda tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (8 nafari Toyloq tumanidan, Samarqand shahri va Bulung‘ur tumanidan 1 nafardan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning eng yoshi kattasi 48 yoshda, eng yoshi kichigi esa 16 yoshda. Viloyatda shu paytga qadar 24 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ularning soni 34 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 4 kishiga javob berildi. Ularning barchasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 2 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 50 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 6 yoshda. Ayni paytda Toshkent shahrida tuzalganlar soni 459 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1454 nafarni tashkil etmoqda.

Internetda Xitoyning COVID tarqalishini yashirishga urinishini fosh etuvchi video paydo bo’ldi (video)

Реклама на Unews

Foto: Sirdaryoda toshqindan talafot ko‘rgan yo‘llar ta’mirlanyapti

Deputat Rasul Kusherbayev Yulduz Usmonova videosiga munosabat bildirdi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring