O`zbekistonda koronavirusdan kunlik kasallanish holati mingdan oshdi. Bu pandemiya boshidan buyon qayd etilgan yangi antirekord

2022 yil 16 yanvar holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 206122 (+1037) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

39 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,

Реклама на Unews

25 nafari Andijon viloyatida,

30 nafari Buxoro viloyatida,

40 nafari Jizzax viloyatida,

Реклама на Unews

8 nafari Navoiy viloyatida,

32 nafari Namangan viloyatida,

55 nafari Samarqand viloyatida,

22 nafari Sirdaryo viloyatida,

15 nafari Surxondaryo viloyatida,

29 nafari Farg`ona viloyatida,

35 nafari Xorazm viloyatida,

172 nafari Toshkent viloyatida,

535 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

Qoraqalpog`iston Respublikasida 23 nafar,

Buxoro viloyatida 18 nafar,

Jizzax viloyatida 53 nafar,

Qashqadaryo viloyatida 15 nafar,

Navoiy viloyatida 6 nafar,

Namangan viloyatida 30 nafar,

Samarqand viloyatida 32 nafar,

Sirdaryo viloyatida 7 nafar,

Surxondaryo viloyatida 14 nafar,

Farg`ona viloyatida 24 nafar,

Xorazm viloyatida 27 nafar,

Toshkent viloyatida 59 nafar,

Toshkent shahrida 140 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 199193 (+448) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1518 nafarni tashkil qildi.

"So`nggi kunlarda yurtimizda koronavirusga chalinish holatlari soni tobora ortib boryapti. Bu esa ba`zi hollarda aholining sarosimaga berilishiga sabab bo`lmoqda.

To`g`ri, virusning yangi shtammi avvalgi mutasiyalarga nisbatan yuquvchanligi ancha yuqori, biroq unga chalingan aksariyat bemorlarda kasallik engil darajada kechib, asosan respirator belgilar bilangina namoyon bo`layotir. Shu sababli yurtdoshlarimizdan ortiqcha xavotirga berilmasliklarini, karantin qoidalariga qat`iy rioya etib, koronavirusga qarshi to`liq emlanishlarini so`raymiz", deyiladi SSV axborotida.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring