O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 62 000 nafarga yaqinlashdi

2020 yil 14 oktyabr soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 61 950 (+91) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 
— 85 nafari Toshkent shahrida, 
— 6 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Реклама на Unews

Bugun ayni paytga qadar: 
— Toshkent viloyatida 58 nafar, 
— Toshkent shahrida 52 nafar, 
— Namangan viloyatida 31 nafar, 
— Sirdaryo viloyatida 16 nafar, 
— Qoraqalpog‘iston Respublikasida 11 nafar, 
— Farg‘ona viloyatida 8 nafar,  
— Qashqadaryo viloyatida 7 nafar, 
— Xorazm viloyatida 5 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib, yurtimizda 58 951 (+188) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil qilmoqda.

Hozirda mamlakatimizda 2 485 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Реклама на Unews

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring