O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar 33 000 nafardan oshdi. Ayollar vafot etdi

2020 yil 13 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 33 093 (+256) nafarni tashkil etmoqda, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Yangi kasallanish holatlarining 179 nafari Toshkent shahrida, 60 nafari Toshkent viloyatida, 9 nafari Andijon viloyatida hamda 8 nafari  Navoiy viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 59 yoshli X.A. (ayol) hamda Yunusobod tumanida yashagan 62 yoshli N.I. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Реклама на Unews

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 312 nafar, Toshkent viloyatida 204 nafar, Samarqand viloyatida 39 nafar, Sirdaryo viloyatida 17 nafar, Buxoro viloyatida 13 nafar,  Andijon viloyatida 11 nafar, Surxondaryo viloyatida ham 11 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar, jami 611 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib, yurtimizda 26 270 (+611) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 79 foizga yetdi.

Hozirda mamlakatimizda 6 608 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Реклама на Unews

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring