BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 31 545 nafarga yetdi

2020 yil 11 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 31 545 (+241) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.  

Yangi kasallanish holatlarining 193 nafari Toshkent shahrida, 21 nafari Samarqand viloyatida, 12 nafari Sirdaryo viloyatida, 8 nafari Navoiy viloyatida hamda 7 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 60 yoshli A.A. (erkak) hamda Olmazor tumanida yashagan 60 yoshli A.M. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 22 992 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (73 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 351 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 1361 nafari og‘ir, 387 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring