O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 91 nafarga ko`paydi

2020 yil 23 oktyabr soat 18:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 64 724 (+91) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 80 nafari Toshkent shahrida,  11 nafari Farg`ona viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Реклама на Unews

Bugun ayni paytga qadar:  

  • Qoraqalpog`iston Respublikasida 9 nafar,
  • Andijon viloyatida 11 nafar,  
  • Buxoro viloyatida 12 nafar,  
  • Navoiy viloyatida 6 nafar,  
  • Namangan viloyatida 24 nafar,
  • Samarqand viloyatida 12 nafar,  
  • Sirdaryo viloyatida 11 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 12 nafar,  
  • Farg`ona viloyatida 9 nafar,  
  • Xorazm viloyatida 3 nafar,  
  • Toshkent viloyatida 36 nafar,  
  • Toshkent shahrida 78 nafar bemor tuzaldi.

Ayni paytda yurtimizda 61 957 nafar (+223) koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 225 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring