Oʻzbekistonda koronavirus: 5 noyabr asosiy xabarlari l

Sutka davomida 164 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 68 009 nafarni tashkil qilmoqda, deb yozmoqda "Sputnik.uz" nashri.

 Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 164 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 68 009 nafarni tashkil qilmoqda.

Реклама на Unews

Yangi kasallanish holatlarining: 68 nafari Toshkent shahrida, 9 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 142 nafar bemor tuzaldi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 65 254 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 96 foiz.

Ayni paytda 2 176 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Реклама на Unews

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 579 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Germaniyalik shifokorlar

Bugun Sogʻliqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev Robert Kox instituti (Germaniya)ning tajribali mutaxassislari bilan uchrashdi. Qatnashchilar oʻz mamlakatlaridagi pandemiya sharoiti, koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan zarur chora-tadbirlar haqida fikr almashdi.

Delegatsiya tashrifi 29 oktyabrdan 12 noyabrga qadar davom etishi rejalashtirilgan. Shifokorlar Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi hamda Samarqand viloyatidagi ushbu sohaga ixtisoslashtirilgan shifoxonalar, tibbiy markaz va laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, koronovirusni tashxislash, nazoratga olish, onlayn maslahat, konsultatsiya, seminar-treninglar tashkil etish va bemorlarni davolashda bevosita qatnashib, mahalliy shifokorlar bilan birga hamkorlikda ish olib borishadi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 48,1 milliondan oshdi, 1,2 million ortiq kishi vafot etdi, 31,9 milliondan ortiq kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (9,5 mln), Hindistonda (8,4 mln), Braziliyada (5,6 mln).  

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring