Oʻzbekistonda koronavirus: 26 oktyabr asosiy xabarlari

Sutka davomida 189 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 65 577 nafarni tashkil qilmoqda, deb yozmoqda "Sputnik.uz" nashri.

 Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 189 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 65 577 nafarni tashkil qilmoqda.

Реклама на Unews

Yangi kasallanish holatlarining: 89 nafari Toshkent shahrida, 8 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 127 nafar bemor tuzaldi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 62 742 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 95 foiz.

Ayni paytda 2 283 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Реклама на Unews

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 552 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Goʻsht narxi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi sentyabrda kuzatilgan inflyatsiya darajasi haqida maʼlumotlarida goʻsht qimmatlashiga sabab boʻlgan omillarni sanab oʻtdi.

Asosiy sabablar:

- yem-xashak bazasi uchun xom ashyo, xususan, paxta xomashyosi, poʻstloq va yem aralashmasi zaxiralarining mavsumiy kamayishi. Bu oʻz navbatida, mazkur mahsulotlarning birja narxlarining mos ravishda 17, 21 va 27 foizga oshishiga olib keldi;

- Qozogʻiston tomonidan oʻrnatilgan eksport cheklovlari tufayli qoramol importini qisqarishi;

- 2020 yilning avgust oyi oʻrtalarida karantin cheklovlarining olib tashlanganidan soʻng, faoliyatini tiklagan ommaviy ovqatlanish korxonalarining goʻsht va goʻsht mahsulotlariga boʻlgan talabining oshishi.

Shu bilan birga, yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekistonda 1840 ming tonna (tirik vaznda) goʻsht ishlab chiqarilgan (oʻtgan yil mos davriga nisbatan 2,2 foizga koʻproq). Bundan tashqari, yanvar-sentyabr oylarida 14 ming tonna mol goʻshti va 20 ming tonna tovuq goʻshti import qilingan.

Zamonamiz qahramonlari

Kronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar sharafiga ulkan tasviriy sanʼat asari (mural) yaratildi.

Asar Yangi Sergeli va Lutfkor koʻchalari kesishmasida paydo boʻldi.      

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 43,3 milliondan oshdi, 1,2 million ortiq kishi vafot etdi, 31,9 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (8,9 mln), Hindistonda (7,9 mln), Braziliyada (5,4 mln).

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring