BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

O’zbekistonda koronavirus: 252 kishi kasallandi, ayollar vafot etdi

  2020 yil 18 avgust soat 17:00 holatiga ko’ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 36 352 (+252) nafarni tashkil etmoqda,  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Yangi kasallanish holatlarining 222 nafari Toshkent shahrida, 26 nafari Samarqand viloyatida hamda 4 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko’tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo’lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

SHu bilan birga, YUnusobod tumanida yashagan 67 yoshli M.YU. (ayol) hamda Angren shahrida yashagan 61 yoshli M.G. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytga qadar yurtimizda 32 062 (+482) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, sog‘ayish ko’rsatkichi 88 foizga yetdi.

Khozirda mamlakatimizda 4 048 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo’yicha davo choralari ko’rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Dorixonalar taqchil bo`lgan dorilarni qimmatga sotishda davom etmoqda Koronavirus infeksiyasining ko`payishi natijasida odatiy isitma tushiruvchi, viruslarga qarshi, immunitetni oshirishga mo`ljallangan odatiy dorilar mavjud bo`lgan dorixonalarda turnaqator navbatlar yuzaga kelgan bo`lsa, davolanish uchun zarur bo`lgan dori-darmonlar esa oshirilgan narxda sotilgan,   deb yozmoqda "Darakchi.uz" nashri. Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining ma`lumotiga ko`ra, agentlik tomonidan  karantin  boshlangan davrdan buyon dori vositalari narxi oshib ketishining oldini olish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. NATIJADA Respublika bo`yicha 3000 dan ortiq dorixona rahbarlari va xodimlariga rasmiy ogohlantirish xatlari berilgan.  500 ga yaqin dorixonalarda  Agentlik tomonidan monitoring kuzatuvlari o`tkazilgan.    MONITORING NIMANI KO`RSATADI? Dorixonada mavjud emas: Ribavirin tarkibli (virusga qarshi vosita) “Vizavirin” (Hindiston), Ritonavir va Lopinavir tarkibli (virusga qarshi vosita) “Aluvia” (Germaniya), “Lopinavir/Ritonavir” (Hindiston), Apiksaban tarkibli (to`g`ridan-to`g`ri ta`sir etuvchi antikoagulyant, Xa. koagulyasion omilining selektiv inxibitori) “Elikvis” (AQSh) dori vositalari. Respublika bo`yicha o`rganilgan dorixonalarning 14 tasida (Toshkent sh., Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan, Toshkent, Farg`ona va Xorazm viloyati) Umifenovir (virusga qarshi vosita) tarkibli “Arbidol” (Rossiya) va “Arpeflyu” (Belorussiya) dori vositasi mavjudligi hamda ularning qoldiq zaxirasi kamligi (605 quti) kuzatildi. o`rganilgan dorixonalarning faqat 3 tasida (Qoraqalpog`iston Respublikasi, Samarqand va Toshkent viloyati) Gidroksixloroxin tarkibli (malyariyaga qarshi vosita) “Plakvenil” (Ispaniya) dori vositasi borligi va ulardan FAQAT 12 quti qolganiligi kuzatildi.   Preparatlarni etkazib beruvchi XORIJIY KOMPANIYaLAR NIMA DEMOQDA? Dori-darmonlar ta`minoti holati o`rganilganda, chet el ishlab chiqaruvchilarning vakolatxonalari ma`lumotlariga ko`ra, aholi talabi yuqori bo`lgan va so`nggi oylarda dorixonalarda keskin tanqisligi yuzaga kelgan Arbidol, Plakvenil va Kleksan nomli dori vositalari iyul oyida 29,1 ming, avgust oyida 81,6 ming quti Arbidol dori vositasi import qilingan. Ma`lumotlarga ko`ra, Arbidol dori vositasining narxi dozasi va qutisiga qarab, yil boshiga nisbatan o`rtacha 2,2-13,5 AQSh dollaridan 1,8-12 AQSh dollarigacha pasayganligi ma`lum bo`ldi. Plakvenil va Kleksan dori vositalari iyul oyida O`zbekiston Respublikasiga import qilinmagan bo`lsa (taqchil bo`lganligi sababli), avgust oyida 1 ming quti Plakvenil va 42, 9 quti Kleksan dori vositalari olib kirildi va dorixonalarga etkazib berildi.Ushbu mahsulotlarning ulgurji narxlari (yil boshiga nisbatan o`zgarishi) tahlil qilinganda, Plakvenil dori vositasining import narxi qutisi uchun 21,0 AQSh dollarida saqlanib qolgan. Kleksan dori vositasining o`rtacha import narxi qutisi uchun 4,2-37,44 AQSh dollaridan 4,7-44,2 AQSh dollarigacha oshgan. INTERNET ORQALI SOTUVNI AMALGA OShIRISh Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilayotgan axborotlarga ko`ra, aholi talabi yuqori bo`lgan ayrim dori vositalari dorixonalardan tashqarida va boshqa yo`llar bilan qimmat narxlarda sotilayotganligi qayd etilmoqda. Xususan, Plakvenil (gidroksixloroxin) kabi dori vositasi dorixonalardan tashqarida 500 ming so`mdan 1 million so`mgacha sotilayotgan bo`lsa (vaholanki barcha xarajatlar va savdo ustamalari bilan qo`shib hisoblanganda ushbu dori vositasining eng yuqori chakana narxi 410 ming so`mdan oshmasligi kerak), chakana narxi 405 000 so`mdan oshmasligi lozim bo`lgan Kleksan (enoksaparin) 4000  XA ME dozali dori vositasi dorixonalar va undan tashqarida 2,4 mln so`mgacha narxlarda sotilmoqda. Yoki, Belorusiyada ishlab chiqarilgan Geparin dori vositasi ham dorixonalarda qutisi uchun 400 000 so`mdan realizasiya qilinmoqda, uning cheklangan chakana narxi 135 000 so`mni tashkil etadi. Agentlikning hududiy tuzilmalari tomonidan 30 ta dorixonada o`tkazilgan tekshirishlar davomida  quyidagilar ma`lum bo`ldi: 9 ta (Toshkent sh. Jizzax, Samarqand, Toshkent v.) holatda belgilangan ustamalarni 20 foiz o`rniga 93 foizgacha qo`llanilgan. 6 ta (Qoraqalpog`iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Sirdaryo v., Toshkent sh.) holatda yaroqlilik muddati o`tgan, ro`yxatdan o`tmagan va kirim hujjati mavjud bo`lmagan dori vositalarini realizasiya qilish holatlari aniqlangan. 12 ta dorixonaga belgilangan tartibda ish qo`zg`atilib, tegishli ko`rsatma berilgan (chora ko`rilgan) hamda lisenziya shartlarini qo`pol ravishda buzganligi uchun belgilangan tartibda lisenziyasini bekor qilish masalasini ko`rib chiqish uchun Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligiga to`plangan hujjatlar yuborildi. ChEK TAQDIM ETILMASLIGIGA SABAB NIMA? Shuningdek, iste`molchilar murojaatlarini o`rganish davomida va Agentlik tomonidan olib borilgan monitoring natijasida dori vositalarini tovar chekisiz sotish holatlari aniqlanmoqda. Dorixonalar aksariyat holatlarda dori vositalari narxlarini yashirish maqsadida tovar chekini berishmayotganligi kuzatilmoqda. Bu o`z navbatida dori vositalarini qimmat narxlarda sotish holatlarini aniqlashni qiyinlashtirmoqda. Bugungi kunda dorixonalarni lisenziyalash tartibi to`g`risida nizomga qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritish, tovar  cheki bermaslik lisenziyani bekor qilish uchun asos bo`lgan qo`pol buzilishlar sifatida tasniflashni nazarda tutuvchi qaror loyihasi tayyorlandi. Agentlik COVID-19 ni  davolashga ishlatiladigan dori narxlarni o`rganish bo`yicha ishlarni davom ettirmoqda, shuningdek narxlarni haddan tashqari oshirganlik bo`yicha tekshiruvlar o`tkazmoqda. Agentlik barcha iste`molchilarga dorixona xodimidan dori vositalarini sotib olishdan oldin muvofiqlik sertifikatini talab qilish huquqiga ekanliklar, shuningdek, nazorat-kassa va tovar cheki  berishni talab qilish zarurligini eslatib o`tadi. Dori-darmonlarni qabul qilish vaqtida shifokorning farmasevtga yozma murojaati – reseptni saqlash tavsiya etiladi. Bu borada iste`molchilik huquqlaringiz buzilgan taqdirda Agentlikning 1159 qisqa raqamli ishonch telefoni,  www.consumer.uz. veb-sayti, yoki info@consumer.uz. elektron manziliga murojaatingizni yuborishingiz mumkin. Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring