Oʻzbekistonda koronavirus: 18 avgust asosiy xabarlari

Cutka davomida 425 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 36 352 nafarni tashkil qilmoqda,  deb yozmoqda "Sputnik.uz" nashri.

  Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

 Bir sutka davomida 425 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 36 352 nafarni tashkil qilmoqda.

Реклама на Unews

Yangi kasallanish holatlarining 222 nafari Toshkent shahrida, 26 nafari Samarqand viloyatida hamda 4 nafari Andijon viloyatida tana harorati koʻtarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 482 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 32 062 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 88 foizga yetdi.

 

Реклама на Unews

Ayni paytda 4 048 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor –  Yashnobod tumanida yashagan 60 yoshli D.P. (ayol) hamda Uchtepa tumanida yashagan 52 yoshli A.E. (erkak), Yunusobod tumanida yashagan 67 yoshli M.YU. (ayol) hamda Angren shahrida yashagan 61 yoshli M.G. (ayol) vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 242 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Yuz million dollarlik kredit

Osiyo infratuzilma investitsiya banki (AIIB) Oʻzbekistonga 100 million dollar miqdorida kredit ajratishni maʼqulladi, ushbu mablagʻ sogʻliqni saqlash sohasida shoshilinch yordam koʻrsatish va COVID-19 chaqiruvlariga javob berish uchun ishlatiladi.

Loyiha Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan moliyalashtirilib, Oʻzbekistonning COVID-19’ni diagnostika qilish, test  oʻtkazish va davolashga qaratilgan. Oʻzbekiston aholisiga, ayniqsa kasal boʻlgan yoki xavf ostida boʻlgan odamlarga, xususan qariya va surunkali kasalliklarga chalinganlarga yordam koʻrsatiladi.

 

Maktab va bogʻchalar ochilishiga tayyorgarlik

Oʻzbekistonda maktab va bogʻchalar ochilishiga tayyorgarlik koʻrilmoqda. Maktabgacha taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda taʼlim muassasalarida amal qiluvchi sanitariya meʼyorlari ishlab chiqilmoqda. Meʼyorlar Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi hamda barcha tomonidan bajarilishi birdek majburiyligi belgilab qoʻyiladi. Shundan keyin maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumtaʼlim maktablariga faoliyatini boshlash uchun ruxsat berilishi aytilmoqda.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 21,8 milliondan oshdi, 774 ming kishi vafot etdi, 13,8 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (5,4 mln), Braziliyada (3,4 mln), Hindistonda (2,7 mln).

 Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring