O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishiga qarshi strategiya ishlab chiqiladi

2021 yilgi davlat dasturidan iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining uzoq muddatli davlat siyosatini ishlab chiqish vazifasi ham o‘rin olgan, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

«Gazeta.uz»ning xabar berishicha, O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurash strategiyasini tasdiqlash hamda iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurash bo‘yicha mintaqaviy strategiya loyihasini tayyorlash rejalashtirilmoqda.

Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun joriy yilning 1 sentyabriga qadar prezident qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Unga davlat byudjetidan mablag‘lar ajratilishi belgilangan.

Реклама на Unews

Hujjat loyihasi O‘zgidromet, Davlat ekologiya qo‘mitasi, mutasaddi vazirliklar tomonidan Oliy Majlis palatalari kelishuvi asosida tayyorlanadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring