O`zbekistonda ichki ishlar xodimlari tomonidan bedarak olib ketilganlarga oid arzlar ko`paymoqda

Deputat Rasul Kusherbaevning ma`lum qilishicha, so`nggi vaqtlarda ichki ishlar organlari tomonidan majburiy olib ketilgan fuqarolar haqida ma`lumot berilmayotgani uchun ularning yaqinlari va oila a`zolari norozi bo`layotganligiga doir murojaatlar ko`payib bormoqda. 

 

Deputat bunga blogerlar bilan bog`liq bir qancha misollarni keltiradi. Xususan, so`nggi kunlarda bloger Sh.Komilovning yo`qolib qolgani bilan bog`liq xabarlar, avtobloger B.G`anievning qamalgunga qadar yaqinlari uning qaerdaligi, ahvoli haqida bila olishmaganini aytadi.  

"Ikki holatda ham blogerlar. Balki bu tasoddifdir. Biroq ommaga ma`lum bo`lgan shu ikki holatdan ko`rinib turibdiki, fuqarolarning yaqinlarga xabar berish, himoyachi bilan uchrashish kabi huquqlari vakolatli xodimlar tomonidan buzilmoqda", deydi xalq vakili. 

Реклама на Unews

️Shu bois, R.Kusherbaev fuqarolar va ichki ishlar organlarining barcha xodimlariga quyidagilarni eslatmoqda:  

 
  • ️ "Ma`muriy qamoqni o`tash tartibi to`g`risida"gi qonunning 23-moddasiga ko`ra, maxsus qabulxona ma`muriyati va xodimlari ma`muriy qamoqqa olingan shaxs maxsus qabulxonaga joylashtirilgan paytdan boshlab unga u maxsus qabulxonaga joylashtirilganligi to`g`risida advokatga, qarindoshlariga yoxud boshqa shaxslarga telefon orqali qo`ng`iroq qilish yoki xabar qilish huquqini berishi shart.  

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring