BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

O`zbekistonda havo harorati pasayishi kutilmoqda

Kecha shimoliy hududlarga, bugun O`zbekiston hududining katta qismiga Volga bo`yi hududlaridan nam va sovuq havo kirib keldi. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Tog`li hududlarda kuchli bo`lishi mumkin. Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduz kungi havo harorati 7-9 daraja iliq, shimolda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq atrofida bo`ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi. 

Xabarga ko`ra, 14 dekabrda siklon ta`siri saqlanib turadi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechasi va ertalab, respublikaning qolgan hududlarida kun davomida ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Respublikaning shimolida yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 1-3 daraja sovuqqacha, kunduzi 3-5 daraja iliqgacha, respublikaning shimolida 7-12 daraja sovuqgacha, kunduzi 1-6 daraja sovuqgacha pasayadi, o`rtacha ko`p yillik qiymatlardan 4-6 darajaga past bo`ladi.

15 dekabrda respublika bo`yicha yog`ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida biroz qor yog`ishi mumkin. Antisiklonning sovuq periferiyasi ta`siri hisobiga kechasi havo harorati 4-6 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 3-5 daraja iliq atrofida saqlanib turadi.

16-17 dekabr kunlarida antisiklon ta`siri asta-sekin zaiflashadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechalari 0-3 daraja sovuqni tashkil etadi, kunduz kunlari 7-10 daraja iliqqacha asta-sekin ko`tariladi.

Respublika bo`yicha ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Fikr qoldiring