O`zbekistonda ham dunyoda ommalashayotgan “Omicron” shtammining yangi mutasiyadagi varianti tarqalmoqda – Nurmat Otabekov

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida o`tkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i o`rinbosari Nurmat Otabekov mamlakatimizdagi koronavirus bilan bog`liq epidemiologik vaziyat haqida ma`lumot berdi.

 

Ta`kidlanishicha, joriy yil 22 iyun holatiga ko`ra, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 239 ming 895 nafarni tashkil etib, ulardan 237 ming 791 nafari (99 foiz) sog`aygan, 1 ming 637 nafari (0,7 foiz) vafot etgan. So`ngi bir hafta davomida dinamikada kasallanishning biroz ko`tarilishi kuzatilmoqda. Jumladan, joriy yilning 17 iyun kunida 90 ta, 18 iyun kuni 108 ta, 19 iyun kuni 93 ta, 20 iyun kuni 87 ta, 21 iyun kuni 82 ta, 22 iyun kuni 98 ta kasallik qayd etildi. 

 
 

– JSST tomonidan dunyo mamlakatlarida “Omicron” shtammining “Stealth-Omicron” BA.2 varianti ustuvor shtammga aylangani ta`kidlanmoqda, – dedi N.Otabekov. – Respublikamizda ham ushbu shtamm aniqlanib, xozirgi kunda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishda ushbu shtammning uchrayotgani kuzatilmoqda. Innovasion rivojlanish vazirligining Ilg`or texnologiyalar markazida virus genomini o`rganish (sekvenlash) bo`yicha o`tkazilgan tahlillarda 67 foizida “Omicron”, va  33 foizida “Omicron” shtammining yangi mutasiyadagi “Stealth-Omicron” BA.2 varianti topilgan.

Реклама на Unews

Mutasaddining so`zlariga ko`ra, bugungi kunda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bo`yicha vaziyat barqarorligi ta`minlanib kelinmoqda. Lekin o`tgan ikki yil davomida aynan iyul-avgust oylarida kasallanish ko`tarilganligi qayd etilgan. Shuning uchun koronavirus infeksiyasini tarqalishini oldini olish maqsadida aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash va buster dozasi bilan qayta emlash ishlarini jadallashtirish katta ahamiyatga ega.  

Aholi orasida koronavirus kasalligi diagnostikasi, klinikasi va maxsus profilaktikasi (emlash tadbirlari va buster dozaning ahamiyati) bo`yicha barcha turdagi ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda targ`ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirish zarur. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring