O`zbekistonda hafta oxiriga qadar juda iliq ob-havo bo`ladi — "O`zgidromet"

Bugun O`zbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan nam havo massasi kirib kelishi hisobiga respublika bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, tog`li huddularda qor yog`adi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabar qilmoqda. 

Ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 13-18° iliq atrofida bo`ladi.

1 mart kuni respublika hududining katta qismida yomg`ir yog`ishi davom etadi, ammo yomg`ir kuchsiz bo`ladi. Respublikaning shimolida yog`ingarchilik to`xtaydi.

Реклама на Unews

2 mart kuni nam havo massasi sharqqa tomon siljiydi, faqat Toshkent viloyati va Farg`ona vodiysi viloyatlarida kechasi va ertalab yomg`ir yog`ishi saqlanib turadi. Ushbu kunda kunduzi havo harorati bulutli bo`ladi va 12-17° iliqdan yuqori bo`lmaydi.

Haftaning ikkinchi yarmidan O`zbekiston hududiga Eron hududlaridan juda iliq havo kirib kelishi kutilmoqda, buning natijasida yog`ingarchiliksiz juda iliq ob-havo bo`ladi. Havo harorati kunduz kunlari 18-23° iliqgacha, janubda va cho`l hududlarida 25-27° iliqgacha ko`tariladi, bu ushbu kunlarning iqlimiy me`yorlaridan 10-12° ga yuqoridir.

Juda iliq havoni shiddatli kirib kelishi 4 mart kuni shamolning 15-20 m/s gacha kuchayishiga sabab bo`lishi mumkin.

Реклама на Unews

28 fevralda respublikaning tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring