O`zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun va hafta davomida O`zbekiston hududiga Ural hududlaridan deyarli salqin havo kirib kelishi davom etadi, bu esa kunduz kunlari havo harorati ko`tarilishini oldini oladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar qildi.

Tekislik hududlarida quruq va kam bulutli ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida keyingi ikki kun ichida (dushanba va seshanba) kunning ikkinchi yarmida konvektiv bulutlilik rivojlanishida ba`zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin.

Ushbu davr davomida havo harorati kechalari 16-21°, kunduz kunlari 30-35°, janubda 36-39° atrofida bo`ladi, bu iyun oyi so`nggi o`n kunligining me`yoriy harorat qiymatlariga yaqindir.

Реклама на Unews

Respublika bo`yicha ba`zi joylarda ayrim kunlarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring