O`zbekistonda emlanganlar rag`batlantiriladi, shuningdek...

O`zbekistonda emlanganlar o`rtasida bonusli o`yinlar tashkil etiladi. Ayni paytda mazkur tashabbus yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda. 

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov raisligida o`tkazilgan mamlakatimizda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta`minlash, xususan, emlash jarayonlarini keng yoritish chora-tadbirlariga bag`ishlangan yig`ilishda ma`lum qilindi.

Yig`ilishda ayni paytda dunyo bo`yicha epidemiologik vaziyatning tobora murakkablashib borayotgani qayd etilib, koronavirusdan, xususan, yangi "Omikron" shtammiga qarshi kurashishda faqatgina emlash orqali erishish mumkinligi ta`kidlandi. 

Реклама на Unews

Ta`kidlanishicha, butun dunyoda fuqarolarni koronavirusga qarshi emlash pullik bo`lgan bir paytda bu jarayon O`zbekistonda mutlaqo bepul olib borilmoqda. Endilikda Respublika aholisini emlash bilan to`liq qamrab olishga erishish maqsadida, vaksina olish uchun sharoit va imkoniyatlarni yanada kengaytirish, fuqarolarni xoh uyda, xoh ishda va yoki jamoat joylarida vaksina olishlari uchun sharoitlar yaratish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, maxsus elektron bot orqali ayni paytda mavjud vaksina turlari, eng yaqin joydagi emlash punktlari va shunga o`xshash ma`lumotlarni tezkor va aniq olish tizimlari yo`lga qo`yiladi. O`zi va o`zgalar salomatligini asrashga xissa qo`shib, vaksina olgan fuqarolar qimmatbaho sovg`alar orqali rag`batlantirilishi mumkin. 

"Biz uchun eng muhimi imkon qadar tezroq aholimizni emlash orqali ushbu xavfli kasallikdan asrab qolish", - deya ta`kidladi Aziz Abduhakimov.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring