O‘zbekistonda dori vositalari sifatini oshirish dasturi amalga oshiriladi

AQSH o‘zining Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bilan O‘zbekistonda “Sifatli dori-darmonlar qo‘llashni rag‘batlantirish plyus” dasturini amalga oshirish yuzasidan anglashuv memorandumini imzoladi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi xabariga ko‘ra, memorandum USAID’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Rebekka Blek va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Qoriyev tomonidan imzolandi.

“Sifatli dori-darmonlar qo‘llashni rag‘batlantirish plyus” dasturi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining nazorat va boshqaruv salohiyatini mustahkamlash, shaffoflik va hisobdorlikni oshirish, dori vositalari sifatini ta’minlash tizimini boshqarish, bemorlar xavfsizligini ta’minlash hamda mikroblarga qarshi dori vositalariga turg‘unlik shakllanishi bilan kurashishda texnik ko‘mak ko‘rsatadi.

Farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining xalqaro andozalarga mos ravishda faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida yuqoridagi dastur doirasida tegishli ishlab chiqarish tajribasi bo‘yicha inspeksiya tashkil etiladi.

USAID 2014 yildan beri silga qarshi dori vositalari xavfsizligini oshirish maqsadida O‘zbekistondagi xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. O‘zbekiston silga qarshi dori vositalarini ichki bozordan xarid qilish amaliyotiga o‘tar ekan, mahalliy ishlab chiqarilayotgan silga qarshi dori vositalari xalqaro sifat standartlariga mos bo‘lishi muhim rol o‘ynaydi.

“Sifatli dori-darmonlar qo‘llashni rag‘batlantirish plyus” dasturi besh yil muddatga tuzilgan hamkorlik bitimi hisoblanib, uning maqsadi past va o‘rta daromadli mamlakatlarda dori vositalari va tibbiyot buyumlari sifatini ta’minlash tizimini barqaror ravishda kuchaytirishdan iborat.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring