O‘zbekistonda dastlab 50 mingga yaqin odam COVID-19 ga qarshi emlanadi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi aholini 20 foizini emlash uchun vaksinalarga byurtma berilgan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov ma’lum qildi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

“7 million aholini ikki marotaba emlash uchun jami 15 millionga yaqin doza vaksina olib kelinadi. Dastlabki bosqichda biz 100 ming doza vaksinani olib kelib, 50 mingga yaqin aholini ushbu kasallikka qarshi emlamoqchimiz”, deydi Otabekov.

Mutaxassisga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonga vaksina olib kelish bo‘yicha 12 ta ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan muzokaralar olib borilyapti.

Реклама на Unews

Moliya vaziri Timur Ishmetov Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida 2021 yilda O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashish tadbirlari va vaksina sotib olish xarajatlari uchun 3 trillion so‘m ajratishi haqida ma’lum qilgan edi.

Ma’lumot uchun, 28 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 78602 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 77084 nafari sog‘aygan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring