O‘zbekistonda dam olish kunlari 40 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda

22 may kuni Eron hududidan O‘zbekistonning shimoliy va janubiy hududlariga quruq va iliq havo oqimi kirib keladi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet»,  deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Respublika bo‘yicha havoning ochiq bo‘lishi kutilmoqda. Termometr ustunchasi kunduz kuni 28-31 darajagacha ko‘tariladi. Respublikaning shimoliy, cho‘l zonalari va janubida harorat bundan ham issiq, ya’ni 33-35 darajani tashkil etadi.

23—24 may kunlari O‘rta Osiyo hududi ustidagi janubiy oqimlar kuchayib, havo haroratining ko‘tarilishi davom etadi. Kechasi harorati 15-18 daraja, kunduzi 35-37 darajagacha, shimoliy, janubiy va cho‘l zonalarida esa 38-40 darajagacha ko‘tariladi. Bunday harorat o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlardan 4-6 darajaga yuqori bo‘lib, eng issiq yillarda shu kunda kuzatilgan haroratga yaqin bo‘ladi.

Respublikaning shimoli va cho‘l zonalarida shamolning tezligi sekundiga 17-22 gacha kuchayadi.

Prezident Andijonda oilalarga subsidiya ajratish, yo‘llar va suv tarmoqlarini ta’mirlashni buyurdi

Pokistonda samolyot halokatga uchradi. Bortda 100 nafar yo‘lovchi bo‘lgani aytilmoqda

Реклама на Unews

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Istanbul shahridagi vakolatxonasi ochiladi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring