O‘zbekistonda buster doza bilan emlash boshlanadi

Ma’lumki, yurtimizda koronavirusga qarshi kurashish maqsadida joriy yilning 1 aprelidan boshlab emlash tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Xususan hozirgi kunga qadar 6 turdagi 42 mln 805 ming doza COVID ga qarshi vaksina keltirildi. Shuningdek yil oxiriga qadar 5,6 mln doza vaksina keltirilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi bosh davlat sanitariya vrachining ko‘rsatma xatiga muvofiq Respublika aholisi o‘rtasida koronavirus infeksiyasiga qarshi immunitetni oshirish maqsadida 2021 yil 17 noyabr kunidan boshlab to‘liq vaksina kursini olgan fuqarolar (2 yoki 3 marotaba emlanganlar) buster doza bilan ixtiyoriy emlanadi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring