O‘zbekistonda bolalar orasida koronavirusga chalinish va o‘lim ko‘rsatkichlari qanday?

Respublika bo‘yicha bugungi kunga qadar 89 755 nafar bola karantinga olingan bo‘lib, ularning orasida COVID-19 aniqlanganlar 3932 nafarni (4,3%) tashkil qilmoqda,  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

COVID-19 aniqlanganlar orasida yoshi bo‘yicha tahlil qilganimizda:

— 1 yoshgacha 190 nafarni (4,8%);
— 3 yoshgacha bolalar 683 (17,4%) nafarni;
— 3 yoshdan 7 yoshgacha bolalar 934 (23,8%) nafarni;
— 7-18 yoshgacha bolalar 2125 (54%) nafarida kasallik aniqlangan. 

Реклама на Unews

3932 nafar kasallanganlar orasida jami sog‘ayganlar — 3293 nafarni (83.7%), bugungi kunda davolanayotganlar 639 nafarni (16,3%) tashkil etmoqda. 

 Hozirgi kunga qadar bolalar orasida kasallikning o‘ta og‘ir kechishi kuzatilmadi, o‘lim holati bo‘lmadi.

Yuqoridagi ko‘rsatkichlar respublikamizda karantin e’lon qilingan  hamda maktabgacha ta’lim va xalq ta’limi muassasalari faoliyat yuritmagan davrga to‘g‘ri keladi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring