O`zbekistonda "Ayollar daftari"ga kiritilganlarning umumiy soni ma`lum qilindi

Mamlakatda 17 milliondan oshiq ayol istiqomat qiladi. Ulardan 433 ming nafari "Ayollar daftari"ga kiritilgan. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi matbuot kotibi Saodat Boymirzaeva ma`lum qildi.

Mamlakatda 17 milliondan oshiq xotin-qizlar istiqomat qiladi. Ular deyarli barcha sohalarida faol ishtirok etib, jamiyat va davlat rivojiga munosib hissa qo`shib kelmoqda.

Davlat rahbari tashabbusi bilan o`z vaqtida joriy etilgan “Ayollar daftari”ga xotin-qizlarni kiritish orqali ayollar dardu tashvishlari, ularni o`ylantirayotgan masalalar hal etilmoqda. Jumladan, 6 mln 385 mingdan ziyod xotin-qizlar bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, ushbu daftarga 9 ta mezon asosida 433 ming nafari kiritildi. Ularning:

Реклама на Unews

  • ️253 ming nafari – ishsiz sifatida;
  • ️44 ming  nafari – tibbiy;
  • ️48,5 ming nafari – huquqiy va psixologik yordamga muhtoj sifatida;
  • ️37 ming nafari – boquvchisini yo`qotgan;
  • ️33,5 ming nafari – nogironligi bo`lgan;
  • (shundan 4,5 ming – uy-joyini ta`mirlashga muhtoj) ;
  • ️9 ming nafari – noturar joyda yashovchi;
  • ️8 ming nafari – nogironligi bo`lgan farzandini tarbiyalayotgan yolg`iz ayollar sifatida ro`yxatga olingan.

️Ayni vaqtga qadar mazkur ro`yxatdagi 80 mingdan ortiq ayolning aniqlangan muammolari o`rnatilgan tartibda hal etilgan.

Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi tomonidan ayni paytda manfaatdor vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda daftarga kiritilgan xotin-qizlar orasidagi tadbirkorlik bilan shug`ullanish istagida bo`lgan 15 665 nafar ayollarning tadbirkorlik ko`nikmasi hamda moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida “Motivasiya, ko`nikma va moliyaviy ko`mak” tamoyili asosida ish olib borilmoqda. Xususan, Xalq banki bilan hamkorlikda ayollar tadbirkorligiga mos bo`lgan 60 ta namunaviy “biznes reja”larni ommalashtirish ishlarini yo`lga qo`yilmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring