O`zbekistonda aprel oyining oxirida yozga xos bo`lgan ob-havo kuzatildi

Sinoptiklarning ma`lum qilishicha, 25 apreldan boshlab mamlakatimizga juda iliq havo massalari jadal kirib kelishi boshlandi. O`zbekistonning barcha hududlari bo`yicha aprel oyining oxiriga qaraganda yozning boshi uchun xos bo`lgan ochiq ob-havo harorati kuzatildi. Bugun va ish haftasining davomida harorat me`yordan 5-8° ga ko`p bo`ladi. Havo harorati kechalari 14-17°, kunduz kunlari 32-35°, janubda va cho`l hududlarida 37-38° gacha bo`ladi. Kunduzgi harorat shu kunlar uchun bo`lgan mutloq maksimumga yaqinlashadi. Haftaning oxirida Kaspiy dengizining shimoliy hududlaridan salqin va biroz nam havo massalari kirib keladi. Respublika hududida havo bulutli bo`lishi kutilmoqda, lekin yog`ingarchilik ehtimoli kam bo`ladi. Kunduz kuni harorat 27-32° gacha biroz pasayadi, ammo me`yordan yuqori bo`lib qoladi. Shuningdek, O`zbekiston bo`ylab 28-30 aprel 1-may ob-havo ma`lumoti taqdim etildi. QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28 aprelda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°; 29 aprelda kechasi 13-18°, kunduzi 23-28°; 30 aprel-1 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo`ladi. BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28 aprelda kechasi 13-18°, kunduzi 32-37°, 29 aprelda kechasi 15-20°, kunduzi 32-37°, 30 aprel-1 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 27-32° bo`ladi. TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 28-29 aprelda 30-35°, 30 aprel-1 mayda 27-32° bo`ladi. QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgaptirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28 aprelda kechasi 13-18°, kunduzi 33-38°; 29 aprelda kechasi 15-20°, kunduzi 33-38°; 30 aprel-1 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo`ladi. ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 28-33°; 29 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 28-33°; 30 aprel-1 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo`ladi. RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 28-29 aprelda 20-25°, 30 aprel-1 mayda 14-19° bo`ladi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring