O`zbekistonda abiturientlarning 1 mlrd so`mini "uxlatgan" nodavlat ta`lim muassasalari rahbarlarining kirdikorlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo`qon va Farg`ona shahar bo`limlari tomonidan Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, fuqarolarning mablag`larini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritgan nodavlat ta`lim muassasalari aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma`lum qildi.

 

 “M.A.” va “V.I.” nodavlat ta`lim muassasalari rahbarlari va xodimlari fuqarolarni aldab, internet ijtimoiy tarmoqlarida nodavlat ta`lim muassasa kanallarini ochishib, ushbu ta`lim maskanlarini bitirgach bakalavr darajasini beruvchi xalqaro diplomga ega bo`lishlarini aytib, “M.A.” ta`lim muassasasi 174 nafar fuqaroning 1,1 mlrd so`mini, “V.I.” ta`lim muassasasi 171 nafar fuqaroning 1 mlrd so`mini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlangan.

 
 

Shuningdek, “V.I.” nodavlat ta`lim muassasasi rahbari N.A. fuqarolardan undirgan mablag`lari hisobidan “Lada Vesta” rusumli avtotransport vositasini xarid qilgan.

Реклама на Unews

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

! Hurmatli ota-onalar va abiturientlar!  

Mamlakatimiz hududida mavjud nodavlat oliy ta`lim muassasalariga o`qishga hujjat topshirish yoki kontrakt to`lovlarini amalga oshirishdan avval, ularning O`zbekiston Respublikasida tan olinganligiga rasmiy axborot kanallari (https://tdi.uz/uz/page/nodavlat-oliy-ta-lim-tashkilotlari) orqali aniqlik kiritishingizni so`rab qolamiz", deyiladi  departament xabarida. 

Реклама на Unews

 

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring