O`zbekistonda 6 oyda 5 718,3 mln so`mlik moliyaviy xatoliklar va ortiqcha pensiya to`lovlari aniqlangan

AOKAda o`tkazilgan brifingda  Ichki audit va moliyaviy nazorat bo`limi boshlig`i Dilshod Mirsaidov Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasining ichki audit xizmati tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma`lumot berdi.

 

Xatoliklar quyidagi yo`nalishlarda yo`l qo`yilgan:

  • “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam ta`minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun ma`lumotlarni xato shakllanishi natijasida 2 194 holatda 3 510,3 mln so`m;
  • Davlat pensiya va nafaqalarining noto`g`ri tayinlanishi va hisoblanishi natijasida 913 holatda 2 179,7 mln so`m;
  •  Hududlarda buxgalteriya hisobini yuritishda smeta-shtat va byudjet intizomining buzilishi natijasida 185 holatda 28,2 mln.so`m.
 

 

Реклама на Unews

Ushbu aniqlangan qonunbuzilish holatlarining barchasi huquqiy baho berish uchun huquqni muxofaza qilish idoralariga topshirildi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring